Bundesver Ukraina Qurolli Kuchlariga 10 ming dona snaryad yetkazib beradi

 Bundesver Ukraina Qurolli Kuchlariga 10 ming dona snaryad yetkazib beradi

"Berlinda Ukrainaga o‘q-dorilarni uch bosqichda yetkazib berishga qaror qilindi", — deya ma’lum qildi Germaniya Mudofaa vazirligi qoshidagi Ukraina bo‘yicha vaziyat markazi rahbari, general-mayor Kristian Freyding.

Birinchi bosqichda – yaqin kunlarda – Germaniya Kiyevga 10 ming dona snaryad topshiradi va kelajakda Chexiyaning Ukraina Qurolli kuchlari uchun snaryadlar sotib olish tashabbusida ishtirok etadi.

"Va uzoq muddatli istiqbolda – 2024 yilning to‘rtinchi choragida, Germaniya Ukrainaga yana 100 ming snaryad yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishdi", — deya ta’kidladi Freyding.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!