Bugun Kamol Advan kasalxonasiga qilingan hujumlarning 5-kuni
Bombalanayotgan G‘azo: 447-kunning asosiy voqealari.
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 447 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Zaytun viloyati, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 24 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 45361 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Fashistlar Al-Auda kasalxonasi darvozasi oldida mashinani portlatib yuborishdi. Mashinada “PRESS” yozuvli jurnalistlar bo‘lgan. 5 jurnalistning hammasi shahid bo‘ldi.
▪️Bugun Kamol Advan kasalxonasiga qilingan hujumlarning 5-kuni. Bosqinchilar kvadrokopterlar yordamida kasalxonaga qarata o‘q uzgan va portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan robotni portlatgan. Bir hamshira og‘ir yaralangan.
▪️Al-Qassam brigadalari snayper otishmasidan foydalanib, Jabaliya lageridagi ishg‘ol askarlarini yo‘q qildi, Merkava tankini portlatib yubordi va Jabaliya sharqidagi bosqinchilar guruhiga nol masofadan qo‘l granatasini uloqtirdi.
▪️Husiylar: Biz ikkita operasiya o‘tkazdik, ulardan biri ishg‘ol ostidagi Yafada, ikkinchisi Asqalanda muhim dushman nishoniga qarshi.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar falastinliklarni ommaviy hibsga olishmoqda. Oy boshidan buyon 495 kishi hibsga olingan. Al-Xalildagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirildi, bir askar og‘ir yaralandi.
▪️Ko‘chmanchilar askarlar bilan Nablusdagi Yusuf payg‘ambar qabrini raqsga tushish orqali tahqirlashdi.
▪️G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: Dunyo allaqachon G‘azodagi fojiali manzaralarga o‘rganib qolgan. G‘azo aholisining 10% qiynoqqa solingan, yaralangan yoki bedarak yo‘qolgan.
▪️G‘azo hukumati: Isroilning G‘azodagi genosidi boshlangandan beri shahid bo‘lgan jurnalistlar soni 201 kishiga ko‘tarildi.
▪️UNRVA: Shimoliy G‘azo deyarli 3 oydan beri Isroil harbiy qamalidan aziyat chekmoqda.