Ukrainada hozirgi vaqtda sulhga erishish boshi berk yo‘l bo‘ladi, bizga ishonchli kelishuvlar zarur — Rossiya Tashqi ishlar vaziri
Sergey Lavrovning boshqa bayonotlari:
◾️ Rossiya Ukrainaga oid muzokaralar bo‘yicha oldindan shartlar qo‘ymaydi, balki mavjud kelishuvlarning bajarilishini talab qiladi;
◾️ Rossiya Tramp administrasiyasi bilan Ukrainaga oid maslahatlashuvlarga tayyor. Kreml Oq uy mojaroning sabablarini tushunishiga umid qilmoqda;
◾️ Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha kelgusidagi kelishuvlarda ularning buzilishining oldini olish mexanizmi mustahkamlanishi lozim;
◾️ Minsk kelishuvlari shunchaki tinchlikka erishishga urinish emas edi, bu BMT Xavfsizlik Kengashi qarori edi. Uni AQShning qo‘llab-quvvatlashi bilan poymol qilishdi;
◾️ Ukraina qonuniy prezidentga ega bo‘lishni istasa, saylovlar o‘tkazishi kerak;
◾️ Bizning Damashqdagi elchixonamiz ishlashda davom etmoqda, Suriyaning yangi hukumati bilan aloqalar saqlanmoqda;
◾️ Rossiya Suriyada qonuniy saylovlarni tashkil etishda yordam berishga tayyor. Biz saylovlar barcha tomonidan tan olinishi va hech qanday savol tug‘dirmasligi uchun ko‘mak berishimiz mumkin;
◾️ Tramp jamoasidan Rossiya bilan muloqotni tiklashdan manfaatdor ekani haqida signallarni olyapmiz;
◾️ Fransiya bir necha bor yopiq kanallar orqali Rossiyaga Ukrainaga oid muloqotni Kiyev ishtirokisiz yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan;
◾️ Rossiya Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlarini zarbalar nishoniga aylantirishi mumkin, ammo biz hech qachon tinch aholi ob’ektlariga qarshi javob zarbalari bermaymiz,- deydi u.