Ertaga, 22 dekabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
22 dekabr kuni havo harorati kechasi 7-10, kunduzi 0-3 daraja sovuq bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.