Zelenskiy qiyin tanlov qarshisida qoldi
Ukraina sharqida Rossiya armiyasi bosqinchilik harakatlarini davom ettirayotgan bir paytda, Kiyev frontda kadrlar tanqisligiga duch kelmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon Ukraina armiyasining yo‘qotishlari katta bo‘lgan. Jumladan, 80 ming askar qurbon bo‘lgani, 400 ming harbiy xizmatchi jarohat tufayli safni tark etgani aytilmoqda.
Ukraina sharqida Rossiya armiyasi bosqinchilik harakatlarini davom ettirayotgan bir paytda, Kiyev frontda kadrlar tanqisligiga duch kelmoqda. The Guardian’ning xabar berishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari harbiylarini piyoda qo‘shin sifatida jangga tashlashga majbur bo‘lmoqda. Bu mamlakat armiyasi jiddiy yetishmovchilikka duch kelganidan darak beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon Ukraina armiyasining yo‘qotishlari katta bo‘lgan. Jumladan, 80 ming askar qurbon bo‘lgani, 400 ming harbiy xizmatchi jarohat tufayli safni tark etgani aytilmoqda.
Urushdan charchash dezertirlik holatlarini ham keskin oshirdi. AP ma’lumotlariga ko‘ra, 100 mingga yaqin askar urushdan qochishda ayblangan.
Bunday qiyinchiliklar Zelenskiyni safarbarlik yoshini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Ayni damda armiya uchun yosh chegarasi 18 yoshdan boshlanishi mumkin. Ammo bu qadam Ukraina uchun og‘riqli bo‘lishi ehtimoli ham mavjud. SSSR parchalanganidan keyin tug‘ilishning keskin kamayishi sababli Ukrainada 18-25 yoshli fuqarolar soni ancha kam.
Zelenskiy avvalroq safarbarlik yoshini pasaytirishga qarshi ekanligini bildirgan edi. Ammo holat uni tanlov imkoniyatisiz qoldirishi mumkin.
Frontga chaqirilgan yangi askarlarning tayyorgarlik darajasi ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. 114-hududiy mudofaa brigadasi ofiserining The Guardian nashriga aytishicha, yangi chaqirilgan 90 askardan faqat 24 nafari vazifani bajarishga tayyor, qolganlari keksa, kasal va ichishga mukkasidan ketgan bo‘lgan.