Air Samarkand aviakompaniyasi: tijorat reyslari yo‘lga qo‘yilganiga bir yil
Air Samarkand aviakompaniyasi 2024 yil 29 dekabrda parvozlari yo‘lga qo‘yilganining bir yilligini nishonlaydi va xalqaro yo‘nalishlar uchun reyslar soni kengayganligini e’lon qiladi.
O‘tgan yil davomida aviakompaniya bir nechta xalqaro yo‘nalishlarni joriy qilib, flotni uchta samolyotga yetkazdi va 3956 soatlik 839 ta reysni amalga oshirdi.
Bundan roppa-rosa bir yil avval yangi o‘zbek aviakompaniyasi Fuqaro aviasiyasi xalqaro tashkiloti (ICAO) dan Ekspluatant sertifikati, “UZS” shaxsiy kodi, shuningdek, “Samarkand” radio chaqiruv belgisini oldi hamda Samarqanddan Istanbulga birinchi tijorat charter reysini amalga oshirdi.
Yubiley kuni aviakompaniya Samarqanddan Jiddaga ikkita va Farg‘onadan bitta parvozni, shuningdek, Toshkentdan Madinaga va Fukuok oroliga parvozlarni amalga oshiradi.
“Ishning birinchi yilini belgilab, biz muntazam yo‘nalishlar va charter reyslari tarmog‘ini kengaytirish va mustahkamlashni davom ettiryapmiz. Yaqin 12 oy ichida hududdagi mijozlarimizga yanada ko‘proq tanlov, moslashuvchanlik va qulaylikni taklif etamiz, shuningdek, O‘zbekistonga va ona shahrimiz Samarqandga sayyohlarni jalb qilishga yordam beramiz”, - dedi Air Samarkand bosh direktori Zafar Butayev.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha: “O‘tgan yil davomida biz har kuni yuqori darajadagi xizmatni taqdim etishga intilayotgan butun jamoamizning fidoyi mehnati bilan uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Kelgusi yilda biz rivojlanishni davom ettiramiz, jamoani mustahkamlaymiz, flot va marshrut tarmog‘ini ko‘paytiramiz, turizm va xizmat safarlari uchun yo‘nalishlarni qo‘shamiz”.
Parvozlar boshlanganidan bir yil o‘tib, Air Samarkand shuningdek, Crystal BayTourism bilan hamkorlikda Vyetnamdagi mashhur Fukuok kurortiga haftasiga uchtagacha reyslar sonini ko‘paytirganini e’lon qildi. Barcha reyslar Toshkent xalqaro aeroportidan 23:55 da jo‘naydi va mahalliy vaqt bilan 10:50 da Fukuokga yetib boradi. Parvozlar zamonaviy Airbus A330-300 samolyotida amalga oshiriladi, ular biznes sinfidagi 36 o‘ringa va ekonom sinfdagi 277 o‘ringa mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, Air Samarkand payshanba va shanba kunlari Toshkentdan Makkadan keyingi ikkinchi muqaddas shahar Madina (Saudiya Arabistoni) ga yangi reyslarni ochdi. Madina – Muhammad alayhissalom qabri joylashgan Masjid Al-Nabaviy masjidining joylashgan manzildir.
Ushbu reyslar Air Samarkand tomonidan 2024 yil iyul oyidan boshlab Samarqand, Termiz, Farg‘ona, Buxoro va Namangandan amalga oshirilayotgan, aviakompaniyaning Jiddadagi mavjud yo‘nalishlarini to‘ldiradi.
Shunday qilib, faqat Makkaga tashrif buyurishni istagan ziyoratchilar Jiddaga uchishni tanlaydilar, chunki ushbu aeroportdan Makkaga sayohat ancha qisqaroq. Ammo Islomning barcha muqaddas joylariga tashrif buyurish istagi bor ziyoratchilar Madinaga uchishni afzal ko‘radilar.
Shuningdek, aviakompaniya Samarqanddan Istanbulga (Turkiya), Sharm El-Sheyxga (Misr) Toshkent va Samarqanddan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni, juma kunlari esa Samarqand va Toshkent o‘rtasida ichki reyslarni amalga oshiradi.
Air Samarkand chiptalari va paketli sayohatlarni EasyBooking agentligi tarmog‘i orqali, http://www.easybooking.uz/ veb-saytdan xarid qilish va https://airsamarkand.com rasmiy saytida olish mumkin. Fukuok chiptalari Crystal Bay Uzbekistan turoperatori bilan hamkorlik qiluvchi agentliklarda sotiladi.