O‘zbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi.

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida (onlayn formatda) o‘tgan bu galgi uchrashuvda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Rossiya, shuningdek, YEOII huzuridagi kuzatuvchi mamlakat – Eron Islom Respublikasi sanoat, konlar va savdo vaziri Said Muhammad Otabak ham qatnashdi.

Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel ishtirokchilarga videomurojaat yo‘lladi.

Kun tartibidan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperasiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari o‘rin oldi.

O‘zbekiston Prezidenti so‘zining avvalida so‘nggi yillarda mamlakatimiz kuzatuvchi sifatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan 22 ta yo‘nalishda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ta’kidladi.

2024 yilda O‘zbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 11 foizga oshdi. Oktyabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan savdo, sanoat, moliya, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda 40 ga yaqin chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan yangi uch yillik hamkorlik rejasi qabul qilindi.

O‘zbekiston, shuningdek, YEOIIning savdo va yuk tashishni raqamlashtirish, elektron tijoratni joriy etish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasidagi qator tarmoq dasturlarida faol ishtirok etmoqda.

Kelgusi yil mart oyida qo‘shma Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Davlatimiz rahbari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtaldi.

Xususan, Prezidentimiz o‘zaro savdodagi savdo to‘siqlarini bosqichma-bosqich bartaraf etishga chaqirdi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston va YEOII davlatlari o‘rtasidagi savdoda tarif va notarif cheklovlarni qo‘llamaslik masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish taklif etildi.

Amaliy harakatlar rejasini qabul qilgan holda, yaqin kelajakda texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorlik bildirildi.

O‘zbekiston yetakchisi tadbir yakunida imzolanayotgan Yagona bojxona tranziti tizimi to‘g‘risidagi bitimda mamlakatimizning ishtirok etishi, shuningdek, bojxona chegaralari orqali olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvini tez fursatda joriy etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Sanoat kooperasiyasi va mahalliylashtirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va vositalariga qo‘shilishdan manfaatdorlik bildirildi.

- Qo‘shma loyihalarni ilgari surish uchun ishonchli moliyaviy manbalarni shakllantirish maqsadida kelgusi yil boshida tartib-taomillarni yakunlab, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqdamiz, - dedi Prezidentimiz.

Biznesni yanada faol jalb qilish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida YEOII Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini 2025 yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazish taklif etildi.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida tizimli hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi. Mamlakatimizni YEOIIning integrasiyalashgan axborot tizimiga va "Raqamli ittifoq" loyihasiga ulash tashabbusi ilgari surildi.

Agrar sohada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni yengillashtirish, innovasion agrosanoat loyihalarini amalga oshirish va ilmiy ishlanmalarni joriy etishga qaratilgan kooperasiya dasturini tayyorlash taklif etildi.

Sayyohlik almashinuvlarini rag‘batlantirish maqsadida davlatimiz rahbari YEOII davlatlari fuqarolariga O‘zbekistonga ichki hujjatlar bilan kirish imkonini beruvchi tartibni joriy etishga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Rossiya olti davlat elchixonalariga hujum qildi

Киевда Россиянинг ракета ҳужуми натижасида олтита хорижий элчихона зарар кўрди, деди Украина Ташқи ишлар вазирлиги матбуот котиби Георгий Тихи.

«Endi juda qiyin bo‘ladi»: Kilian Mbappe Lionel Messi tajribasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu bilan o‘ynay olmaganidan afsusdaligini aytdi

Килиан Мбаппе «Реал Мадрид» афсонаси Криштиану Роналду билан кийиниш хонасини баҳам кўра олмаслигидан афсусда.

Britaniya rekord miqdordagi askarini yo‘qotdi

Буюк Британия қуролли кучларининг сони оммавий ихтиёрий ишдан бўшатишлар фонида - иш ҳақи рекорд даражада ошганига қарамай, қисқаришда давом этмоқда.

Rossiyaliklar "Humo arena" bo‘yicha shikoyat qilishdi

22 декабрь куни Тошкент шаҳридаги "Ҳумо арена" мажмуасида хоккей бўйича КХЛ доирасидаги "Динамо" Минск ва "Спартак" Москва жамоалари ўртасидаги ўйин ўтказилганди.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda

Бу ҳақда "Ўзгидромет" хабар берди.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi faoliyatini yurtimizda davom ettiradi

Ўзбекистон терма жамоаси футболчиси Умар Эшмуродов фаолиятини яна юртимизда давом эттириши мумкин.

AQSh Ukrainaning Rossiya hujumini to‘xtata olmasligini e’lon qildi

Украина Россиянинг олға силжишини тўхтатишга қодир эмас, бу ҳақиқат. Бу ҳақда америкалик разведканинг собиқ ходими Скотт Риттер YouTube'даги i Judging Freedom каналида айтиб ўтди.

Ertaga, 22 dekabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Бу ҳақда Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати агентлиги хабар берди.

G‘arb Rossiyaning Ukrainadagi g‘alaba yo‘lini e’lon qildi

Россия Украинада ғалаба қозониш йўлида, Европа тинчликни қўллаб-қувватлаши керак

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Ozarbayjon samolyoti Qozog‘istonga yetib bormay guvohlarsiz yo‘q bo‘lib ketishi maqsad qilingan

Озарбайжон самолёти Панцирь ҳаво мудофаа тизими орқали зарба берилган.

AZAL samolyoti halokatga uchragan joyda yana bir qora quti topildi

Қозоғистон ҳуқуқ-тартибот идоралари Ақтау яқинида Озарбайжон ҳаво йўллари йўловчи самолёти қулаган жойда иккита регистратор топди.

Ozarbayjon havo yo‘llari samolyoti Rossiya raketasi bilan urib tushirilgani isbotlandimi?

Озарбайжон ҳаво йўллари самолётининг Ақтауда қулашига Россиянинг “ер-ҳаво” тоифали ракетаси сабаб бўлган. Бу ҳақда Euronews, Reuters ва бошқа ОАВ Озарбайжон ҳукуматидаги манбаларга таяниб хабар берди.

Moskvadagi barcha aeroportlar o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Москва ва Калуга аэропортларида кирувчи ва чиқувчи рейслар тўхтатилди.

Zelenskiy qiyin tanlov qarshisida qoldi

Украина шарқида Россия армияси босқинчилик ҳаракатларини давом эттираётган бир пайтда, Киев фронтда кадрлар танқислигига дуч келмоқда.

Putin: Gaz yetkazib berish shartnomalarini yangilash uchun juda kech bo‘ldi

Путин пайшанба кунги телемурожаати чоғида Украина орқали Словакия, Чехия ва Австрияга газ етказиб бериш бўйича келишувни узайтириш учун бу йил вақт қолмаганини айтди ва Киев бу ҳаракат билан...

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Кеча жиноятчи Исроил армияси шифохонанинг бир қисмини ёқиб юборган.

Таҳлилчилар Донетск вилоятидаги бир қанча аҳоли пунктлари ҳудудида рус қўшинларининг олдинга силжишини қайд этишмоқда.

Асирга олинган биринчи Шимолий Корея аскари оғирлашган жароҳатлардан вафот этди. Бу 27-декабр, жума куни содир бўлди, деб ёзади Yonhap Жанубий Корея разведкаси маълумотларига таяниб.

"Real" futbolchisining pochchasini otib ketishdi

Бунинг устига, 18 ёшли футболчининг оиласи байрам даврида мотамга чўмди.

Xitoyning oltinchi avlod yangi qiruvchi samolyoti

Хитой ўзининг олтинчи авлод янги қирувчи самолётини илк бор синовдан ўтказди.

Bugun Kamol Advan kasalxonasiga qilingan hujumlarning 5-kuni

Ғарбий Соҳилда босқинчилар фаластинликларни оммавий ҳибсга олишмоқда. Ой бошидан буён 495 киши ҳибсга олинган. Ал-Халилдаги назорат-ўтказиш пунктига ҳужум уюштирилди, бир аскар оғир яраланди.

Mahmud Abbos rejimi G‘arbiy Sohilda Al-Jazira kanalini taqiqladi

Бу ҳаракат Аббос режимининг Женинга ҳужуми пайтида Ал-Жазира "нифоқ уруғини сепмоқда ва ички низоларни қўзғатмоқда" деган айбловлар фонида амалга оширилди.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: 24 soat ichida 20 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi

Бу ҳақда Фаластин анклавининг Соғлиқни сақлаш вазирлиги баёнот берди.

Qozog‘istondagi aviahalokatda qancha odam qurbon bo‘lgani aytildi

Қозоғистоннинг Ақтау шаҳри яқинида Embraer 190 ҳалокати 38 кишининг ҳаётига зомин бўлди.

Moskva Kishinyovga tahdid qildi

Кишинев томонидан Днестрбўйи электр стансиясини зўрлик билан босиб олиниши Европада оғир оқибатларга ва беқарорликка олиб келади.

AQSh G‘azodagi sulh, yordam haqida gapiradi, ammo Isroilning ochlik siyosatini e’tiborsiz qoldiradi

Байден Нетаняхуга Ғазода хоҳлаган ишини қилиши учун "бўш чек" берганга ўхшайди.

Sudandagi vabo epidemiyasi

Суданда вабо эпидемияси қурбонлари сони 1258 кишига етди.

Ukraina urushning yana bir qishini o‘tkazmoqda

Россиянинг Украина энергетика инфратузилмасига ҳужумлари шу йилнинг баҳоридан бошлаб кучайди.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev va Putinga hamdardlik bildirdi

Давлатимиз раҳбари барча жароҳат олганлар тез фурсатда соғайиб кетишларини тилади.

Paragvayda 57 tonna marixuana musodara qilindi

Бу ҳақда мамлакат президенти Сантьяго Пенья ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилган.

Isroil armiyasi Yamandan otilgan raketani tutib olgani haqida xabar berdi

Бу ҳақда Исроил мудофаа кучлари матбуот хизмати маълум қилди.

Myunxenda qariyalar uyi yonib ketdi

Бу ҳақда Билд хабар бермоқда .

BMT: Dunyoda och odamlar soni ortib bormoqda

Бой давлатлар халқаро ташкилотларни молиялаштиришни қисқартирар экан, дунёда оч одамлар сони ортиб бормоқда.