Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi
Rossiya Estoniyaning sharqiy qismini egallab olishga urinishi mumkin, deb yozadi Politico.
Nashrning ta’kidlashicha, Estoniya aholisining to‘rtdan bir qismi (1,4 million) etnik ruslardir: "Ularning aksariyati Estoniya fuqaroligiga ega va integrasiyalashgan, ammo Kreml bir necha bor rus diasporasini himoya qilish bahonasida harbiy harakatlarni boshlagan. Gruziya, Moldova va Ukrainada shunday bo‘lgan.
Xavotir shundaki, Kreml o‘sha kartani o‘ynashi va etnik ruslar ko‘p yashaydigan Sharqiy Estoniyani bosib olishga urinib ko‘rishi, keyin esa NATOni javob tariqasida global urush boshlashga majbur qilishi mumkin. Reaksiyaning yo‘qligi NATOning qo‘shma mudofaa bo‘yicha 5-moddasi ma’nosiz ekanligini ko‘rsatadi," - deb yozadi Politico.
Maqolada qayd etilishicha, Uchinchi jahon urushi Estoniya va Rossiya Federasiyasi chegarasida joylashgan Narva shahrida boshlanishi mumkin.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar u yerda doimiy ravishda turli provokasiyalar uyushtirishadi: sun’iy yo‘ldosh navigasiyasini to‘xtatishdan tortib chegara demarkasiya buylarini o‘g‘irlash, tashviqot, kuzatuv dronlari va Z harfi bilan g‘uvullayotgan dirijabllargacha.