Bolalarni bo‘ronlardan emas, o‘zimizdan asraymizmi?

Bolalarni bo‘ronlardan emas, o‘zimizdan asraymizmi?

Bola tarbiyasi — butun jamiyatning ishi, ayni paytda har bir fuqaroning burchi. Bola oilada to‘g‘ri tarbiya olsa, maktabda namunali o‘quvchiga aylanadi, mahallada boshqalarga ibrat bo‘ladi. Albatta, unda o‘z-o‘zidan huquqiy ong, huquqiy madaniyat ham shakllanib boradi. Farzandlari barkamol, yoshlari bilimdon va vatanparvar bo‘lib ulg‘ayadigan davlat qudratli, xalq esa, kuchli bo‘ladi.

Zamon talabidan kelib chiqib, “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Qonun 5 bob va 51 moddadan iborat bo‘lib, qonun bilan bolaga nisbatan zo‘ravonlik tushunchasi va jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlikdan tashqari uning yangi shakllari – g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatasiya, bulling kabilar ham e’tirof etildi.

Shuningdek, davlat bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish uchun tegishli huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa choralarni ko‘rishi, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni reabilitasiya qilishi va ularning huquqlarini tiklashi hamda ularni ijtimoiy moslashtirish uchun zarur bo‘lgan samarali choralar ko‘rishi qonunan belgilandi.

Xususan, mutasaddi organlarning bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid maxsus vakolatlari, o‘zaro ishlash mexanizmi va mas’uliyati doirasi ko‘zda tutildi.

Muhimi, qonun bilan nafaqat zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarni himoya qilish, balki zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolalarni aniqlash va ularga nisbatan zo‘ravonlik xavflarini bartaraf etish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

21 oktyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan 978-sonli Qonun bilan O‘zbekistonda bolalarga nisbatan uning yaqin qarindoshlari tomonidan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangandi. Mazkur Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 592-moddasi va Jinoyat kodeksining 1261-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash normasi bilan to‘ldirildi.

Har yili dunyoning yarmidan ko‘p bolalari, ya’ni 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. Bu haqda 8 noyabr kuni Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishlangan birinchi global vazirlar konferensiyasida ma’lum qilindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) tashkil etgan ikki kunlik konferensiyada 130 davlatning hukumat vakillari, shu jumladan, 90 vazir ishtirok etgan. BMTning 2024 yilgi hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda 15 yoshgacha bo‘lgan 2,04 milliard bola bor. Voyaga yetmaganlar umumiy aholining taxminan 25 foizini tashkil etadi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyoning yarmidan ko‘p (1 milliarddan ortiq) bolalari zo‘ravonlikka uchraydi. Konferensiya yakunlariga bo‘yicha 100 dan ortiq davlat bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha majburiyatlar olgan, 9 ta davlat esa jismoniy jazoni taqiqlashni va’da qilgan.

Asosiy statistik ma’lumotlar:

  • har yili 2 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yarmidan ko‘pi zo‘ravonlikning turli shakllariga duch keladi. Bu 1 milliarddan ortiq bolani tashkil etadi;
  • har uch boladan ikkisi uyda doimiy ravishda jismoniy jazoga tortilgan;
  • har beshinchi qiz va har yettinchi o‘g‘il bola jinsiy zo‘ravonlikka uchraydi;
  • 25 foizdan 50 foizgacha bolalar tahqirlashning qurboni bo‘ladi;
  • o‘g‘il bolalar o‘rtasida zo‘ravonlik ko‘pincha o‘qotar yoki boshqa qurol ishlatilgan holda sodir bo‘ladi va bu o‘limning asosiy sababi hisoblanadi.

Konferensiya yakunlariga ko‘ra, 2030 yilgacha bolalarga nisbatan zo‘ravonlik darajasini kamaytirish maqsadida davlatlar uchun maqsad va vazifalar belgilangan hujjat qabul qilindi. Burundi, Chexiya, Gambiya, Qirg‘iziston, Panama, Shri-Lanka, Uganda va Tojikiston hukumatlari har qanday sharoitda bolalarga nisbatan jismoniy jazoni taqiqlashga majburiyat oldi. Nigeriya hukumati maktablarda jismoniy jazoni taqiqlashni va’da qilgan.

UNICEF o‘z hisobotida bugungi kunda 370 milliondan ortiq qiz va ayol, ya’ni dunyo bo‘ylab har sakkizinchi qiz yoki ayol 18 yoshga to‘lishidan oldin zo‘rlangan yoki jinsiy tajovuzga uchragani ma’lum qilingan.

Bolalar tazyiq va zo‘ravonliklarga uchraganda qanday yo‘l tutishi kerak, kimga murojaat qilishi kerak degan savollar ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Mamlakatimizda bolalarga shikoyat kilishning maxfiy, bolalar uchun do‘stona mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash va ularni bundan foydalanishga undash masalalari qay ahvolda degan savolga ham hozirgi kunda ijobiy javob berish qiyin. Masalan, bolalar bog‘chasida bog‘cha tarbiyachisi tomonidan xo‘rlangan yoki kamsitilgan, do‘pposlangan bolani kim himoya qiladi? U o‘z haq-huquqini himoya qilishni bilmasligi aniq. Ota-onalar esa bu holatdan ko‘pincha bexabar qolishadi. Chunki bolani bog‘cha opa urganda burni qonagan bo‘lsa, onasi kelguncha artilib, izi ham qolmaydi, urgan joyini esa kim ham ekspertizaga berardi? Afsuski, shu tariqa bolajonlarga ozor berishlar davom etaveradi...

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vonunchilik palatasi kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining 21.02.2024 yildagi qo‘shma qarori bilan BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi voidalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Beshinchi davriy ma’ruzasi ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, mazkur reja 100 ta tavsiya va ularni amalga oshirish mexanizmlari va mas’ul organlar hamda ijro etish muddatlari belgilangan.

Mazkur harakatlar rejasining 9-bandiga asosan Bollarga shikoyat qilishning maxfiy bolalar uchun do‘stona mexanizmalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash va ulardan foydalanishga undash tavsiya etilgan. Bu borada bolalarning ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha shikoyatlarni qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yish, shu jumladan bolalar uchun ishonch telefonlarini tashkil etish, davlat organlari rasmiy veb-saytlarida bolalarga moslashtirilgan sahifalar ochish, ijtimoiy va ma’rifiy videoroliklarni tayyorlash va ularni ommaviy axborot vositalarida namoyish etish choralari ko‘rish belgilangan.

Chunki, hozirgi axborot asrida barcha bolalarda texnika vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari shakllanganganligini inobatga olib, ularga nisbatan zo‘ravonlik qilingan taqdirda bu holatlar yuzasidan bolalar tezkorlik bilan tegishli organlarga murojaat qilishi nazarda tutilgan.

Hech kimga sir emas, ba’zida ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning jinsiy yoki jismoniy zo‘ravonlikka uchraganligi haqida noxush xabarlar tarqaladi, yuqoridagi ko‘rsatilgan mehanizmlardan keng foydalanilganligi natijasida mas’ul organlarlar tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borayotganligi va zo‘ravonlikka uchragan bolaning huquqlarini tiklash va uni reabilitasiya qilish hamda aybdor shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish ta’minlanayotganligini e’tirof etishimiz lozim.

Xuddiy shunday, bu borada ijtimoyi roliklarning ishlab chiqilishi va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilishi bolalarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga hamda kelgusida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan shu kabi salbiy holatlarda qanday yo‘l tutish lozimligi va o‘zini zo‘ravonlikdan qanday asrash mumkinligi haqidagi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Albatta o‘z navbatida tegishli mutasaddi tashkilotlar huzurida bolalar uchun “Ishonch telefoni”ni joriy qilinishi bu borada bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish va aybdor shaxslarga tezkorlik bilan tegishli chora ko‘rish uchun zamin yaratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Britaniya rekord miqdordagi askarini yo‘qotdi

Буюк Британия қуролли кучларининг сони оммавий ихтиёрий ишдан бўшатишлар фонида - иш ҳақи рекорд даражада ошганига қарамай, қисқаришда давом этмоқда.

Rossiyaliklar "Humo arena" bo‘yicha shikoyat qilishdi

22 декабрь куни Тошкент шаҳридаги "Ҳумо арена" мажмуасида хоккей бўйича КХЛ доирасидаги "Динамо" Минск ва "Спартак" Москва жамоалари ўртасидаги ўйин ўтказилганди.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda

Бу ҳақда "Ўзгидромет" хабар берди.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi faoliyatini yurtimizda davom ettiradi

Ўзбекистон терма жамоаси футболчиси Умар Эшмуродов фаолиятини яна юртимизда давом эттириши мумкин.

AQSh Ukrainaning Rossiya hujumini to‘xtata olmasligini e’lon qildi

Украина Россиянинг олға силжишини тўхтатишга қодир эмас, бу ҳақиқат. Бу ҳақда америкалик разведканинг собиқ ходими Скотт Риттер YouTube'даги i Judging Freedom каналида айтиб ўтди.

Ozarbayjon samolyoti Qozog‘istonga yetib bormay guvohlarsiz yo‘q bo‘lib ketishi maqsad qilingan

Озарбайжон самолёти Панцирь ҳаво мудофаа тизими орқали зарба берилган.

Ertaga, 22 dekabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Бу ҳақда Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати агентлиги хабар берди.

G‘arb Rossiyaning Ukrainadagi g‘alaba yo‘lini e’lon qildi

Россия Украинада ғалаба қозониш йўлида, Европа тинчликни қўллаб-қувватлаши керак

Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga qo‘y yetkazib bershni boshladi

Бу ҳақда чоршанба куни маҳаллий ОАВ Мўғулистон озиқ-овқат, қишлоқ хўжалиги ва енгил саноат вазирлиги маълумотларига таяниб хабар берди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Moskvadagi barcha aeroportlar o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Москва ва Калуга аэропортларида кирувчи ва чиқувчи рейслар тўхтатилди.

Evropani g‘azablantirgan uchrashuv

Путиннинг айтишича, Словакия ва Фицо Украина музокараларида воситачилик қилишга тайёр.

Ukraina shimoliy koreyalik askarni asirga oldi

Бу ҳақда Yonhap хабар берди.

Yevropa rus gazini ko‘proq sotib oladi

Жорий йилнинг 11 ойида Россиядан Европага газ етказиб бериш ҳажми қарийб 50 миллиард куб метрга етди.

Bashar al-Assadning rafiqasi Asmo Asad Moskvada o‘lim yoqasida ekanligi taxmin qilinmoqda

Сурияда ҳокимиятдан ағдарилган диктатор Асма Асаднинг рафиқаси оғир аҳволда.

Putin tajovuzkor urushga chek qo‘yishi kerak — Ozarboyjonning muxolifat partiyasi

Озарбoйжоннинг “Мусават” мухолифат партияси Azerbaijan Airlines самолёти уриб туширилгани сабабли Россияни Украина билан урушни тўхтатишга чақирди.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Kamol Advan kasalxonasi bilan aloqalar uzildi

Кеча жиноятчи Исроил армияси шифохонанинг бир қисмини ёқиб юборган.

Ruslar Ukraina tuprog‘ida oldinga siljimoqda

Таҳлилчилар Донетск вилоятидаги бир қанча аҳоли пунктлари ҳудудида рус қўшинларининг олдинга силжишини қайд этишмоқда.

Эслатиб ўтамиз, Исроил армияси томонидан Ғазо шимолида давом этаётган ҳалокатли қамал Байт Ханун, Байт Лаҳия ва Жабалиядаги фаластинликларни икки ярим ойдан кўпроқ вақт давомида асосий хизмат воситаларидан узиб қўйган.

Украина президенти Владимир Зеленский озарбайжонлик ҳамкасби Илҳом Алиевга шу ҳафта бошида бортида 67 киши бўлган Россияга учаётган самолёт ҳалокати муносабати билан ҳамдардлик билдирди.

Нью-Ёркда, Barclays Center'да сионистларга қарши яҳудий раввинларнинг оммавий йиғилиши бўлиб ўтди.

Мамлакатдаги сиёсий ноаниқлик давом этиши мумкин бўлганлиги сабабли, сешанба куни Корея вонининг қиймати АҚШ долларига нисбатан кескин пасайди.

Bosh prokuratura Komil Allamjonovga suiqasdga aloqador Rossiya fuqarolari haqida ma’lumot berdi

Улар Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг тегишли моддалари билан сиртдан айбланувчи тариқасида жалб қилиниб, уларга нисбатан қамоққа олиш тарзидаги эҳтиёт чораси қўлланилган ҳолда қидирув эълон қилинган.

Asirga olingan birinchi Shimoliy Koreya fuqarosi jarohatlardan vafot etdi

Асирга олинган биринчи Шимолий Корея аскари оғирлашган жароҳатлардан вафот этди. Бу 27-декабр, жума куни содир бўлди, деб ёзади Yonhap Жанубий Корея разведкаси маълумотларига таяниб.

Putin: Gaz yetkazib berish shartnomalarini yangilash uchun juda kech bo‘ldi

Путин пайшанба кунги телемурожаати чоғида Украина орқали Словакия, Чехия ва Австрияга газ етказиб бериш бўйича келишувни узайтириш учун бу йил вақт қолмаганини айтди ва Киев бу ҳаракат билан...

"Real" futbolchisining pochchasini otib ketishdi

Бунинг устига, 18 ёшли футболчининг оиласи байрам даврида мотамга чўмди.

Xitoyning oltinchi avlod yangi qiruvchi samolyoti

Хитой ўзининг олтинчи авлод янги қирувчи самолётини илк бор синовдан ўтказди.

Bugun Kamol Advan kasalxonasiga qilingan hujumlarning 5-kuni

Ғарбий Соҳилда босқинчилар фаластинликларни оммавий ҳибсга олишмоқда. Ой бошидан буён 495 киши ҳибсга олинган. Ал-Халилдаги назорат-ўтказиш пунктига ҳужум уюштирилди, бир аскар оғир яраланди.

Ozarbayjon havo yo‘llari samolyoti Rossiya raketasi bilan urib tushirilgani isbotlandimi?

Озарбайжон ҳаво йўллари самолётининг Ақтауда қулашига Россиянинг “ер-ҳаво” тоифали ракетаси сабаб бўлган. Бу ҳақда Euronews, Reuters ва бошқа ОАВ Озарбайжон ҳукуматидаги манбаларга таяниб хабар берди.

Mahmud Abbos rejimi G‘arbiy Sohilda Al-Jazira kanalini taqiqladi

Бу ҳаракат Аббос режимининг Женинга ҳужуми пайтида Ал-Жазира "нифоқ уруғини сепмоқда ва ички низоларни қўзғатмоқда" деган айбловлар фонида амалга оширилди.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: 24 soat ichida 20 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi

Бу ҳақда Фаластин анклавининг Соғлиқни сақлаш вазирлиги баёнот берди.

Qozog‘istondagi aviahalokatda qancha odam qurbon bo‘lgani aytildi

Қозоғистоннинг Ақтау шаҳри яқинида Embraer 190 ҳалокати 38 кишининг ҳаётига зомин бўлди.

Moskva Kishinyovga tahdid qildi

Кишинев томонидан Днестрбўйи электр стансиясини зўрлик билан босиб олиниши Европада оғир оқибатларга ва беқарорликка олиб келади.

AQSh G‘azodagi sulh, yordam haqida gapiradi, ammo Isroilning ochlik siyosatini e’tiborsiz qoldiradi

Байден Нетаняхуга Ғазода хоҳлаган ишини қилиши учун "бўш чек" берганга ўхшайди.