Bryusselda NATOning 75 yilligi nishonlanadi

Bryusselda NATOning 75 yilligi nishonlanadi

2024 yilda NATO Kollektiv mudofaa Alyansi tashkil etilganining 75 yilligini nishonlaydi.

1949 yil 4 apreldan boshlab Transatlantika Alyansi 12 ta asoschi a’zodan o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlash uchun birgalikda ishlovchi 32 ta a’zo davlatga qadar kengaydi, deya qayd etadi blok matbuot xizmati.

NATO o‘zining yubileyini 4 aprel kuni NATOning Bryusseldagi qarorgohida va Ta’sis shartnomasi imzolangan Vashingtonda 9-11 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida nishonlaydi.

Bugun NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari, jumladan, AQSh Davlat kotibi E.Blinken Yevropa poytaxtida yig‘iladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!