“Boqiy Buxoro” tarixiy-madaniy etnoparki kelgusida butun Buxoroning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ga aylanadi - Ekspert

“Boqiy Buxoro” tarixiy-madaniy etnoparki kelgusida butun Buxoroning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi”ga aylanadi - Ekspert

YUNESKOning milliy eksperti, IKOMOS a’zosi, Buxoro mintaqaviy restavrasiya markazi bosh arxitektori Tuyg‘un Boboyev ma’lum qilishicha, hududda turistik xizmatlar ko‘rsatish, ya’ni sayyohlarni yangi joylarga joylashtirish, mehmonxona, restoran, kafe, muzeylar, hunarmandchilik ustaxonalari, suvenir tayyorlovchilar, shuningdek, kechki sayr uchun sayilgohlarga katta ehtiyoj mavjud.

Buxoroning tarixiy qismida hozirgi paytda turistlarga munosib xizmat ko‘rsatuvchi birgina “Labi Hovuz” nomli milliy restoran bo‘lib, u har kuni mehmonlarga o‘z imkoniyati doirasidan tashqari xizmat qilib kelmoqda. Hojatxonalar va dam olish joylarining yetishmasligi mavjud infratuzilmalarga tushadigan yuklamani oshirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!