Bokschilarimiz Osiyo chempionatida 20 ta medal bilan qit’amizda yana tengsiz bo‘lishdi

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida 20 ta medal bilan qit’amizda yana tengsiz bo‘lishdi

BAAning Fujayra shahrida boks bo‘yicha o‘smir yigitlar va qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning final bahslariga 11 nafar vakilimiz yetib borgani haqida ma’lum qilgan edik.

E’tiborlisi, 11 finalchilardan 8 nafari hal qiluvchi bahsni g‘alaba bilan yakunlay olishdi va Osiyo chempionatini oltin medal bilan tugatdilar. Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza, jami 20 ta medal bilan yurtimizga qaytib keladigan bo‘lishdi. Bu esa, shubhasiz, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganimizni anglatadi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha:

Oltin medal:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-50 kg: Feruza Kazakova
-52 kg: Nigina O‘ktamova
-63 kg: Azizbek Tojiyev
-70 kg: Login Petrov
-75 kg: Nusratbek Tohirov
+80 kg: Jahongir Zokirov
-63 kg: Aziza Zokirova

Kumush medal:
-57 kg: Bilolbek Ixvolov
-60 kg: Bekzod Bekmurodov
-60 kg: Mohira Ahmedova

Bronza medal:
-46 kg: Iqboljon Qudratov
-48 kg: Asrorbek Shahobiddinov
-50 kg: Anvar Boltaboyev
-52 kg: G‘ofurjon Tohirov
-54 kg: Jahonmurod Imomaliyev
-66 kg: Aloxon Abdullayev
-46 kg: Mohlaroyim Savriddinova
-54 kg: Ruhshona O‘ktamova
-70 kg: Shahnoza Ergasheva

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!