Bobo nabiralari uchun aliment evaziga uy va mashinani hadya qildi

Bobo nabiralari uchun aliment evaziga uy va mashinani hadya qildi

Taqdir so‘qmoqlari qiziq. Kimdir farzandga zor, kimdir esa bir quchoq bolalarini ta’minlash uchun mablag‘ga muhtoj.

Shavkatovlar oilasida ham bir-biridan shirin uch farzand dunyoga keldi. Biroq, ular ham er-xotinning ajralishini to‘xtatib qololmadi.

Bolalarni boqishga qiynalgan Risolat alimentga bergan. Aliment pullarini ota bir zaylda oyma-oy to‘lab bordi. Biroq, bolalarning bobosi va buvisi bunga qanoat qilmadi. Axir, ular ham o‘zlarining jigarporalari, dilbandlari edi. Ularga o‘zlari nomidagi uyni va mashinani hadya qilishni lozim topishdi.

Bir kun kelinni o‘zi bilan ham bu haqda gaplashishdi va “...qizim, o‘g‘lim bilan orangizda bo‘lgan ishlar bolalarning kelajagiga ta’sir qilmasin, ular bizning ham zurriyodimiz. Qanday yordam kerak bo‘lsa doim tayyormiz. Shuning uchun ko‘zim ochiqligida shu hovli joyni va o‘zim haydab yurgan “Neksiya”ni sizga topshirsam. Bolalar shu yerda unib-o‘ssin, biror narsaga zoriqmasin deyman” – dedi qaynota.

Shu bilan hovli joy va mashina hujjatlari uch go‘dakning onasiga topshirildi. Aliment pullari evaziga berilgan hadya bolalarga bobosidan esdalik bo‘lib qoladigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!