BMT Bosh Assambleyasiga yangi prezident saylandi

BMT Bosh Assambleyasiga yangi prezident saylandi

6 iyun kuni Nyu-Yorkdagi BMT shtab-kvartirasida Bosh Assambleya prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Uning yakuniga ko‘ra, sentyabr oyida boshlanadigan 79-sessiyasini kamerunlik Filemon Yan boshqaradigan bo‘ldi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish saylangan nomzodni tabriklab, Bosh Assambleyaning amaldagi prezidenti, asli Trinidad va Tobagodan bo‘lgan Dennis Frensis «Asambleya ishini beqiyos diplomatik mahorat bilan boshqarganini» ta’kidladi.

BMT rahbarining qayd etishicha, yangi rais Bosh Assambleyani murakkab vaziyatda boshqarishi kutilmoqda.

«Mojarolar davom etmoqda. Iqlim muammolari kuchaymoqda. Qashshoqlik va tengsizlik butun dunyoda keng tarqalgan. Ishonchsizlik odamlarni ajratib qo‘ymoqda. Bu qiyinchiliklarga qaramay, biz yanada tinch va barqaror dunyo qurish maqsadimizni unutmasligimiz kerak. O‘zidan oldingi saylangan rais kabi Yan ham bu maqsadga erishishda muhim rol o‘ynaydi», dedi BMT rahbari.

Yan davlat xizmatchisi va diplomat sifatida katta tajribaga ega va Afrika Ittifoqi bilan eng yuqori darajalarda, jumladan Kamerun Bosh vaziri sifatida ishlagan. Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, Yan o‘z qit’asi kelajagiga sodiqdir.

«Ushbu muhim ishda Assambleya va uning prezidenti to‘liq qo‘llab-quvvatlashimga ishonishi mumkin», deb xulosa qildi BMT rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!