"Biz bu urushni tugatamiz!"

"Biz bu urushni tugatamiz!"

Biz bu urushni tugatamiz, uni Ukraina va butun Yevropa manfaatlari uchun, barchamiz va bizdan keyin keladiganlar uchun tugatamiz — Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti bu haqda Germaniya Bundestagida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

"Urush uchun javobgarlar jazoga tortilishi kerak, bu urushning har bir kuni uchun adolatli javob berishi kerak. Faqatgina adolatli javobgarlik bilan tajovuzdan qutulish uchun tarixiy imkoniyat ortadi. Rossiya boshlangan urush uchun asosiy javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga olishi kerak", — deya ta’kidladi Zelenskiy.

“Germaniya uchun muqobil” partiyasi va “Sara Vagenknext ittifoqi” deputatlari Ukraina yetakchisining nutqini boykot qilishdi.

"Zelenskiyni nutqini boykot qilish bilan biz zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muammoni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishni istaydigan barcha ukrainaliklar bilan birdamligimizni bildiramiz", — deyiladi “Sara Vagenknext ittifoqi tomonidan e’lon qilingan bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!