Birorta ham amerikalik askar Ukraina tuprog‘ida bo‘lmaydi

Birorta ham amerikalik askar Ukraina tuprog‘ida bo‘lmaydi

Ukrainadagi Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli to‘qnashuv AQSh manfaatlariga xizmat qilmaydi, dedi davlat kotibi Entoni Blinken Fransiyaning LCI telekanaliga bergan intervyusida.

"Ukraina tuprog‘ida birorta ham amerikalik askar bo‘lmaydi", - deb ishontirdi diplomat.

Amerika tashqi siyosat departamenti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z milliy xavfsizligi uchun Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikdan qochadi.

Fevral oyi oxirida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parij Moskvaning “bu urushda g‘alaba qozonishiga” yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilishini aytgan edi. Jumladan, Ukrainaga qo‘shin yuborish masalasi ham muhokama qilinganini, lekin aksariyat G‘arb davlatlari bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagan edi.

Keyinchalik Makron bu gaplari uchun keskin tanqidga uchragach siyosatchi uning barcha so‘zlari diqqat bilan o‘ylanganini ta’kidladi. U, shuningdek, Parijning Kiyevga yordam berish masalasida "chegara va qizil chiziqlar"ga ega emasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!