«Bir yil avval tanishib, aka-uka bo‘lib qolganmiz». Xonanda Nasafiy homiysi kim ekanini aytdi

«Bir yil avval tanishib, aka-uka bo‘lib qolganmiz». Xonanda Nasafiy homiysi kim ekanini aytdi

Nasafiy taxallusi bilan tanilgan xonanda Aziz Akmalov YouTube’dagi «Yashin TV» kanaliga bergan intervyusida uning homiysi kim ekani, «Aktrisa» qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi.

Xonanda Nasafiy asosiy daromadini to‘y, tadbirlar, reklamalardan topishini aytib, homiysi kim ekanini ma’lum qilgan.

«Marat Xayrullayevich mening prodyuserim, homiyim. Lekin, bundan tashqari biz u bilan yaqin aka-uka bo‘lib qolganmiz. Homiy, prodyuser degan narsalar yo‘q. Oldindan tanish emasmiz, tanishganimizga yaqinda 1 yil bo‘ladi», — deydi xonanda Nasafiy.

Nasafiy 29 noyabr kuni «Aktrisa» nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklip premyerasini taqdim etgani aytilgan edi. U mazkur intervyusida ushbu qo‘shig‘ining yaralish tarixni aytib berdi.

«Bu ‘Bagira’ga o‘xshab 5 daqiqada yozilmagan. Dastlab, mani yorim aktrisa so‘zi kelgan hayolimga. Bu qo‘shig‘imni ham to‘liq o‘zim yozganman. Yaralish tarixiga kelsak, juda ajoyib bo‘lgan. Bu ashulam yaralgan vaqtda Marat aka bilan tanishgan edim. Ularning xotini aktrisaku, shu sababli boshida bu qo‘shig‘im haqida ayta olmaganman, qandaydir uyalish bo‘lgan. Buni yozishimga ko‘proq vaqt ketgan. Birinchi naqarotini yozganman, keyin kupletlarini yozganman», — deydi xonanda.

Ma’lumot o‘rnida, xonanda Nasafiy 1998 yil 29 may kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. U 4-sinfga qadar Qarshi shahridagi musiqa maktabida o‘qigan, 5-sinfda Toshkentga kelgan.

Manba: Teznews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!