Beshariq tumanida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

Beshariq tumanida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.q” MCHJ rahbari Y.B. (muqaddam sudlangan) va boshqalar tumandagi Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi hududidan ajratilgan 25,6 ming kv. metr yer maydonida shartnoma shartlariga asosan ishlab chiqarish faolitini yo‘lga qo‘ymasdan, ushbu hududdan o‘zboshimchalik bilan 65,4 ming kub hajmdagi qum shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!