Bema’ni tashabbus: "Jamoat joylarida Qur’oni karim tarqatilmasin"

Bema’ni tashabbus: "Jamoat joylarida Qur’oni karim tarqatilmasin"

Britaniyadagi Birlashgan qirollik mustaqil partiyasining yangi yetakchisi Richard Brayyan jamoat joylarida Qur’oni karim tarqatishni taqiqlash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda "azon.uz" yozmoqda.

Brayyan Sky News telekanaliga bergan intervyusida Qur’oni Karimning zo‘ravonlikka undashini iddao qildi hamda oxirgi yillarda yuz bergan teraktlarni Islom diniga bog‘ladi. Uning aytishicha, Buyuk Britaniya qonunlarida zo‘ravonlik taqiqlanadi va shuning uchun ham Qur’oni karimni tarqatish masalasini ko‘rib chiqish zarur.

Birlashgan qirollik mustaqil partiyasi o‘tgan yilning sentyabrida o‘tkazilgan kongressida islomofob manifest e’lon qilgan edi. Unda musulmonlarga alohida qamoqxonalar ochish, migrantlarga nisbatan xavfsizlik tekshiruvini kuchaytirish va irqichlikni taqiqlovchi qonunlarni bekor qilishga chaqiriqlar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!