Belgiya TIV fuqarolardan Fransiyada katta yig‘inlarda qatnashmaslikni so‘radi

Belgiya TIV fuqarolardan Fransiyada katta yig‘inlarda qatnashmaslikni so‘radi

Belgiyaliklarning Fransiyada bo‘lishlari haqida ogohlantirish Belgiya Tashqi ishlar, tashqi savdo va hamkorlikni rivojlantirish vazirligi saytida e’lon qilindi.

— Belgiyaliklar o‘ta hushyor bo‘lishlari, katta yig‘inlar va odamlar ko‘p bo‘ladigan joylardan qochishlari, mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga amal qilishlari kerak. Eng yuqori xavf darajasi butun Fransiyaga tegishli. Mahalliy hokimiyat organlari bu borada aniq choralarni e’lon qilishi mumkin, - deya ko‘rsatma beradi Belgiya Tashqi ishlar vazirligi.

Bundan tashqari, Bryussel Parijda, Marselda, shuningdek, Kot-d'Azurda hushyor bo‘lishni tavsiya qiladi.

— Ayniqsa, mayda jinoyatlar ko‘p. Iltimos, quyidagi ehtiyot choralarini ko‘ring: shaxsiy guvohnoma yoki pasportingizni doimo yoningizda saqlang va qimmatbaho narsalarni xavfsiz joyda qoldiring.

Magistral yo‘llarda va dam olish joylarida ehtiyot bo‘ling. O‘g‘rilar mashinalarni o‘g‘irlash uchun turli xil fokuslardan foydalanadilar. Ular o‘zlarini baxtsiz hodisa, nosozlik qurboni yoki yordam berishni xohlayotgandek ko‘rsatishadi. Mashinadan tushmang va yo‘lda davom eting.

Ko‘pincha A1 trassasida, ayniqsa tirbandlik paytida o‘g‘irlik sodir bo‘ladi. Jinoyatchilar o‘z maqsadiga erishish uchun piyoda yoki skuterlarda harakatsiz mashinalar orasida manevr qilishadi. Yo‘lovchi yoki orqa o‘rindiqda qimmatbaho narsalarni (hamyonlar, kompyuterlar, planshetlar va boshqalar) qoldirmang. Sumkalaringizni o‘rindiq ostiga yoki polga qo‘ying, - deya Belgiya tomoni Fransiyaga boradigan sayohatchilarga maslahat beradi.

Moskvadagi teraktdan keyin Fransiya hukumati terrorchilik xavfi darajasini oshirdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning so‘zlariga ko‘ra, “Islomiy davlat” tashkiloti allaqachon Fransiyada teraktlar uyushtirishga harakat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!