Bayden yadroviy qurollar shartlari bo‘yicha yangi buyruqni imzoladi

Bayden yadroviy qurollar shartlari bo‘yicha yangi buyruqni imzoladi

AQSh prezidenti Jozef Bayden Qo‘shma Shtatlarning yadro qurolidan foydalanish shartlari haqidagi yangi buyruqni imzoladi.

Bu haqda AQSh prezidentining maxsus yordamchisi, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining qurollarni nazorat qilish, qurolsizlantirish va tarqatmaslik bo‘yicha bosh direktori Pranay Vaddi ma’lum qildi.

«Prezident Bayden yaqinda yadro qurolidan foydalanish shartlari bo‘yicha yangilangan yo‘riqnomani imzoladi, unda yangi yadro davri voqeliklari hisobga olinadi. Unda Xitoy yadro arsenalining o‘sishi va xilma-xilligi bilan bog‘liq muammolarni hal etish muhimligi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyani to‘xtatib turish muhimligi ta’kidlangan», — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!