Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi ostidan chiziq tortgan

Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi ostidan chiziq tortgan

AQSh prezidenti Jo Baydenning qayta saylanishdagi qo‘rquvi, Ukrainaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqida RIA Novosti Business Insider nashriga tayanib xabar berdi.

"Bayden qayta saylanish imkoniyatini kamaytirmaslik uchun, Amerika jamoatchiligida AQSh Ukraina mojarosiga chuqurroq kirmaydi, degan g‘oyani kuchaytirishga harakat qilmoqda", — dedi Yevropa xalqaro aloqalar kengashi tadqiqotchisi Leo Litra nashrga bergan izohida.

Maqolada ta’kidlanishicha, Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusi ostidan chiziq tortgan ko‘rinadi.

“Bu urush tugaganidan keyin NATOga erta kirishni doimo talab qilgan Ukraina rasmiylari uchun zarba bo‘ldi”, — deyiladi nashrda.

Nashrning eslatishicha, Bayden Time nashriga bergan intervyusida “Ukrainani NATOga aylantirish”ni qo‘llab-quvvatlashga tayyor emasligini aytgan va u Ukrainaga vise-prezident sifatida tashrif buyurganida bu mamlakatda jiddiy korrupsiyaga guvoh bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Shu bois, hozircha Kiyev bir qator xavfsizlik kafolatlari bilan kifoyalanishi kerak, biroq ular harbiy blokda to‘liq ishtirok etish va’dasisiz ko‘p og‘irlik qilmaydi, deya ogohlantirdi ekspertlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!