Bayden Rossiyadan qo‘rqqani uchun Ukrainaga to‘liq yordam berolmagan — manba

Bayden Rossiyadan qo‘rqqani uchun Ukrainaga to‘liq yordam berolmagan — manba

AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiyaning "qizil chiziqlari"ni kesib o‘tishdan qo‘rqishi AQSh siyosatiga ta’sir qildi. Bu haqda The Wall Street Journal manbasiga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Amerika yetakchisining qo‘rquvi Vashingtonning Ukrainadagi mojaroga nisbatan siyosatini shakllantirgan. Xususan, mojaroni NATO bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga aylantirmoqchi bo‘lmagan Bayden so‘ralgan qurollarni Kiyevga zudlik bilan topshirishga jur’at eta olmadi, dedi manba suhbatdoshi.

Avvalroq AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Uorren Devidson Jo Bayden Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish uchun Rossiya bilan mavjud barcha qizil chiziqlarni kesib o‘tishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, Oq uy rahbari «yangi jahon urushini boshlashga tayyor, ayniqsa, yaqinda Ukraina bilan 10 yillik xavfsizlik kelishuvi imzolangani fonida».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!