Bayden Makronning taklifiga rozi bo‘lmadi

Bayden Makronning taklifiga rozi bo‘lmadi

Makron Baydenga Ukrainaga G‘arb harbiy instruktorlarini yuborishni taklif qilgan, biroq AQSh prezidenti bunga rozi bo‘lmagan, deb yozmoqda Politico

Bu taklif davlat rahbarlarining telefon orqali muloqoti chog‘ida bildirilgan. Nashr manbalarining xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar rahbari ehtimoliy salbiy oqibatlar va qurolli mojaroning kuchayishi haqidagi xavotirlar tufayli Makronning taklifiga rozi bo‘lmagan.

"Bugun Emmanuel Makron Fransiya Ukraina Qurolli kuchlari uchun harbiy instruktorlar koalisiyasini tuzayotgani haqida e’lon qildi, biroq u mazkur koalisiyada ishtirok etishga rozi bo‘lgan mamlakatlar nomini ochiqlamadi", deb yozadi nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!