Baxtsiz hodisa sababli, jarohat olgan fuqaroga kompensasiya pullari undirib berildi

Baxtsiz hodisa sababli, jarohat olgan fuqaroga kompensasiya pullari undirib berildi

Bugungi kunda, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarimizning huquq-manfaatlarini himoya qilish, kompensasiya va moddiy zararlarni undirib berish, Byuro organlari oldidagi muhim vazifalardan biridir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga da’vo ariza bilan murojaat qilib, “NOKIS TEMIR BETON BUYUMLARI ZAVODI” MCHJda o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan paytida baxtsiz hodisa orqali jarohat olgan Nukus shahrida yashovchi R.D.ga har oyda to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensasiya pullarini to‘lab berishni so‘ragan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudi tomonidan ushbu da’vo ariza qanoatlantirilib, jabrlanuvchi R.D.ning foydasiga 49 mln. 111 ming so‘m undirish haqida qaror qabul qilingan.

Ushbu qaror bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdor jamiyatning asosiy bank hisob raqamlari, shuningdek qarzdorga tegishli bo‘lgan jami 12 ta avtotransport vositalariga band solingan.

Shuning oqibatida, qarzdorning bank hisob raqamidan o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan paytida baxtsiz hodisa sababli jarohat olgan R.D.ga 49 mln. 111 ming so‘m to‘lab berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!