«Bavariya», «MYu» va «Real» «Bayer» yetakchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Bavariya», «MYu» va «Real» «Bayer» yetakchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Bayer» vingeri Jeremi Frimpong mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin.

Insayder Kristian Falkning yozishicha, «Bavariya», «Real» va «Manchester Yunayted» klublari yozda Frimpongni o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda.

Jeremi va Leverkuzen klubi o‘rtasidagi shartnoma 2028 yilgacha imzolangan bo‘lsa-da, kelishuv shartlariga ko‘ra, ushbu klublar Yevro-2024 starti oldidan «Bayer» futbolchisini 40 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Qayd etilishicha, «MYu» va «Bavariya» allaqachon o‘yinchining vakillari bilan muzokara olib borgan.

Ma’lumot uchun, Frimpong 2021 yilda 11 mln yevro evaziga «Seltik»dan nemis klubi safiga o‘tgandi. U joriy mavsumda 37 o‘yinda 12ta gol va 10ta assistga mualliflik qilgan. Niderlandiyalik 23 yoshli vinger jamoasi bilan Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritish arafasida turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!