"Barselona" yaqin kunlarda "Chelsi" himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi

"Barselona" yaqin kunlarda "Chelsi" himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi

"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso "Barselona"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Ispaniyalik futbolchi "Barselona" bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichda.

31 yoshli Markos Alonso o‘tgan mavsumda londonliklar safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 15 million yevroga baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!