"Barselona" himoyachisi "An-Nasr"ga o‘tishi mumkin

"Barselona" himoyachisi "An-Nasr"ga o‘tishi mumkin

Daniya terma jamoasi va “Barselona” himoyachisi Andreas Kristensen Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchini o‘z safiga "An-Nasr" klubi qo‘shib olmoqchi. Daniyalik futbolchining transfer narxi 40 million yevroga baholangan va uning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

O‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatida Kristensen 30 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!