Barak Obamani Disneylenddan nega haydashgan?

Barak Obamani Disneylenddan nega haydashgan?

Amerika Qo‘shma Shtatlari sobiq prezidenti Barak Obama Amerikaning “The Hill” nashriga bergan intervyusida uni mahalliy xavfsizlik kuchlari Disneylenddan haydashganini ma’lum qildi.

Ammo bu voqea Obamaning hali kollejda o‘qiyotgan paytida sodir bo‘lgan edi.

Barak Obamaning so‘zlariga ko‘ra, u chekkanligi uchun parkdan chiqarib yuborilgan. Ammo u ushbu intervyuda giyohvand modda emas, balki oddiy tamaki chekkanligini alohida ta’kidlagan.

Bundan tashqari, u o‘sha paytda ham chekishni istamaganini, yonidagi sheriklari bunga uni majburlaganini ham qo‘shimcha qilgan.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!