Bag‘dodda 50 o‘rinli qo‘shimcha shifoxona quriladi

Bag‘dodda 50 o‘rinli qo‘shimcha shifoxona quriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulbahor Saidg‘aniyevaning Farg‘ona viloyatida saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlari ko‘plab masalalarni joyida hal etish imkonini berdi.

Xalq vakilining avvalgi uchrashuvlarida Bag‘dod tumani markaziy shifoxonasi shifokorlari tibbiyot maskanida bemorlar uchun joy yetishmasligini aytib, qo‘shimcha bino qurilishida deputatdan yordam so‘rab murojaat qilishgan edi.

Deputatning ushbu masala yuzasidan tegishli vazirlik va mutasaddilarga qilgan murojaati tufayli bu yerda qo‘shimcha 50 o‘rinli tug‘uruq bo‘limi quriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, tumanning 2-Bag‘dod qishlog‘ida yashovchi fuqarolar ichimlik suvi ta’minoti masalasida murojaat qilishgan edi. Mazkur muammo joyiga borib o‘rganilganda, aholi suvni ko‘chadan 2 km. masofadan tashib ichayotgani ma’lum bo‘ldi.

Aholining aytishicha, qishloqqa ichimlik suvi tortish “Obod qishloq” dasturiga tushgan, lekin vaqtida amalga oshirilmagan. Xalq vakili ushbu masalani nazoratga olib, mutasaddilar bilan birgalikda hal qilish choralarini ko‘rishini bildirdi.

“Muqimiy” MFY Furqat ko‘chasi aholisi ichimlik suvi quvuri eskirgani, suv toshib, xonadonlarga zarar yetkazayotgani, quvur yorilgan joy xavfli holatda ekanligidan deputatdan ko‘mak so‘radi.

Deputat ushbu murojaat yuzasidan Suvta’minot tuman rahbari bilan bog‘lanib, shu kunning o‘zida bu masalaga yechim topdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!