Ayol qaynisi tufayli 5 oylik chaqalog‘ini sotib yubordi

Ayol qaynisi tufayli 5 oylik chaqalog‘ini sotib yubordi

Afg‘onistonning Faryob viloyatida yashovchi ayolning 20 yoshli qaynisi anchadan beri oqqondan azob chekardi. Ammo keyingi paytlarda davolanishi uchun mablag‘i qolmadi. Shunda kennoyisi qaynisining davolanishi uchun pul topish niyatida 5 oylik qizchasini farzand ko‘rmayotgan yosh er-xotinga sotib yubordi.

— Ha, shundan bo‘lak choram qolmagandi, — dedi yig‘lab ayol. — O‘ylay-o‘ylay, qizalog‘imni sotishga majbur bo‘ldim. Ammo bu men uchun juda og‘ir kechdi. Uch kecha-uch kunduz yig‘ladim, faryodimni faqat xudo eshitdi…

Shubhasiz, bu voqea tez orada internet saytlariga tarqab ketdi. Faryob viloyat gubernatori ham uni o‘qigan ekan. Zudlik bilan chaqaloqni ortga qaytarish harakatiga tushdi va ayolga 420 dollar pulni sanab berdi. Qolganlar ham gubernatorning tashabbusiga ergashgan holda imkon doirasida chaqaloqning onasiga pul keltira boshlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda odam savdosi taqiqlangan. Lekin chaqaloqlar bundan mustasno. Shu sababli mamlakatdagi qashshoqlik, qarzga botish tufayli odamlar o‘z pushti kamaridan bo‘lgan bolalarini sotishga majbur bo‘lishmoqda.

Manba: hordiq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!