Avtokredit berishni va’da qilgan firibgar korxona rahbari faoliyati fosh etildi

Avtokredit berishni va’da qilgan firibgar korxona rahbari faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.A.” xususiy korxonasi rahbari D.T. faoliyati davomida noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, fuqarolarni yillik ustami to‘lovi 12 foizni tashkil etuvchi avto kredit berishga qiziqtirib kelganligi ma’lum bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov "Aniq.uz"ga ma’lum qildi.

Xususan, korxona rahbari 119 nafar fuqaroni yuqoridagi shart bilan avto kredit berishga ishontirib, ular bilan 4 oy mobaynida tuzilgan shartnomalarga asosan avtomashina narxining 6% miqdorida oldindan to‘lov shaklida korxona hisob-raqamiga o‘tkazilgan 713,8 mln so‘mni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!