Avtohalokatga uchragan Alisher Sultonov “O‘zbekneftgaz” raisi lavozimidan olindi

Avtohalokatga uchragan Alisher Sultonov “O‘zbekneftgaz” raisi lavozimidan olindi

Joriy yil 12 sentyabr kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ijro tuzilmasiga ayrim o‘zgartirishlarni kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
 
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatildi.
 
Ya’ni ushbu sohadagi Bosh vazir o‘rinbosari ayni paytda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi bo‘lishi haqida qoida chiqarib tashlandi.
 
Mazkur hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimi joriy qilindi.
 
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12 sentyabrdagi farmoni bilan Bosh vazirining o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimiga Alisher Saidabbosovich Sultonov tayinlandi.
 
Ushbu tayinlov sabab Alisher Sultonov “O‘zbekneftegaz” AJ raisi lavozimidan ozod qilindi.
 
“O‘zbekneftegaz” AJ raisi vazifasini bajaruvchi etib Bahrom Ashrafxonov tayinlangan. U 2016 yildan beri O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.
 
Bahrom Ashrafxonov 1969 yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 1993 yildan 1994 yilgacha AQShning Kentukki universitetida tahsil olgan.
 
Eslatib o‘tamiz, Alisher Sultonov 20 avgust kuni avtohalokatga uchragandi. Shundan so‘ng, Germaniyada operasiya qilingandi.

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!