Astrofiziklar ilk marotaba qora tuynukning suratlarini ko‘rsatishdi

Astrofiziklar ilk marotaba qora tuynukning suratlarini ko‘rsatishdi

Ko‘p yillik kuzatishlardan keyin tadqiqodchilar endigina rasmiy dalillarga ega bo‘lishdi.
Yovropalik astrofiziklar Quyosh sistemasidan ancha uzoqda bo‘lgan Messiyer 87 galaktikasida joylashgan ulkan kollapsar(qora tuynuk)ni topishdi. U Sumbula yulduz turkumidan joy egallagan bo‘lib, uning hajmi juda kattadir. Qora tuynukka yetish uchun 55 million yorug‘lik yilini bosib o‘tish kerak.
Niderlandiyadagi Neymgen Universitetining professori Xeyno Falkening ta’kidlashicha, bu jism kosmosdagi eng kattasi bo‘lishi mumkin. Uni toppish uchun professor sakkizta teleskopdan foydalangan va topgan zahoti uning kattaligidan daxshatga tushgan.
Taqdim etilgan suratlar bu kabi jismlar mavjud ekanligiga isbot bo‘ldi. Oldinlari qora tuynuk haqidagi bahslar faqat nazariyaga asoslangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!