Asosan, erkaklar: Tanzaniyada noma’lum kasallikdan 15 kishi vafot etdi

Asosan, erkaklar: Tanzaniyada noma’lum  kasallikdan 15 kishi vafot etdi

Tanzaniyada noma’lum infeksiyani yuqtirganligi sababli kamida 15 kishi vafot etdi va 50 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda "Anadolu" mamlakat sog‘liqni saqlash rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, kasallanganlarda ko‘ngil aynishi va qon qusish kuzatilgan. "Ushbu kasallik hali keng tarqalmagan, faqat bitta ma’muriy hududda kuzatildi. Kasallanganlar qon qusa boshlagan va kasalxonaga vaqtida yetib borolmaganlari vafot etgan", - deydi Mbeya viloyati Chunya tumani bosh shifokori Felista Kisandu.

Shifokorning aytishicha, dastlabki klinik tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, bemorlar, asosan, oshqozon yarasi va jigar kasalliklariga chalingan erkaklardir.

Agentlik, shuningdek, Tanzaniya sog‘liqni saqlash vaziri mintaqaga mutaxassislar guruhini yuborganligi haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!