Armaniston Hindistondan juda katta miqdorda qurol sotib olishni boshladi

Armaniston Hindistondan juda katta miqdorda qurol sotib olishni boshladi

Armaniston Hindiston qurollarining eng yirik xaridoriga aylandi. Bu haqda Hindiston moliya vazirligi mamlakat parlamentiga taqdim etgan hisobotga tayangan holda IADN Hindiston axborot agentligining X mikroblogida ma’lum qilindi, deb yozadi Armenpress.

Hindiston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-2025 moliya yilida Armaniston umumiy qiymati 600 million dollarga Hindistonda ishlab chiqarilgan qurol sotib olgan.

2021 yildan beri Armaniston Hindistondan raketalar, artilleriya tizimlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va boshqa qurollarni sotib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!