AQShning Afg‘oniston bo‘yicha sobiq maxsus vakili CBS kanaliga intervyu berdi

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha sobiq maxsus vakili CBS kanaliga intervyu berdi


AQShning Afg‘oniston bo‘yicha sobiq maxsus vakili Zalmay Xalilzod CBS kanaliga intervyu berdi. Unda diplomat Vashingtonning Afg‘onistondagi siyosati va chiqib ketish sabablari bo‘yicha muhim fikrlar bayon qildi.

Xalilzod AQShda ikki xil yo‘l bo‘lganini ma’lum qildi– birin-ketin pozisiyalarni boy berish yoki muzokaralar olib borish. Shuningdek, Baydenning afg‘onlararo kelishuv imzolanishini kutmay, qo‘shinlarni olib chiqib ketgani to‘g‘ri qaror bo‘lganligi qayd etildi. “Agar biz kelishuvni kutganimizda yana uzoq vaqt Afg‘onistonda qolib ketardik”, – degan Xalilzod.

“Qo‘shinlar olib chiqib ketilishining so‘nggi bosqichi dahshatli bo‘ldi, ammo bundan ham yomon ssenariy bo‘lishi mumkin edi. Biz bu vaziyatda Kobulning har bir ko‘chasi uchun jang qilardik va shahar vayron bo‘lardi. AQSh evakuasiya jarayonida toliblarning kelishuv talablarini buzmasligiga erisha oldi”, – deb qo‘shimcha qilgan diplomat.

Shuningdek, AQSh har yili Afg‘onistonda yiliga 40 milliard dollar sarflaganini, bu mablag‘lar Xitoy bilan qarama-qarshilikda zarurligi ta’kidlandi.

“Afg‘onistonda demokratiya qurib bo‘lmadi, toliblar – mamlakatning realligi”, – deb xulosa yasagan Xalilzod.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!