AQShda Baydenning obro‘siga putur yetdi

AQShda Baydenning obro‘siga putur yetdi

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z vaqtida saylovoldi poygasidan chiqishni rad etib, obro‘siga putur yetkazdi. Bu haqda AQSh prezidentligiga nomzod kichik Robert Kennedi CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «TASS» .

«Men Jo Baydenni shaxsan 40 yildan beri bilaman va uning o‘z vataniga 50 yil xizmat qilgani uchun yuksak hurmat va ehtiromga egaman. Lekin o‘ylaymanki, o‘tgan yil davomida u hokimiyatdan voz kechib, o‘z obro‘si va martabasiga dog‘ tushirdi», — dedi siyosatchi. Shuningdek, u 2021 yil 6 yanvarda AQShning sobiq yetakchisi Donald Tramp tarafdorlari Bayden g‘alaba qozongan saylov natijalarini tasdiqlashga to‘sqinlik qilishga urinib, AQSh Kongressiga bostirib kirishgan voqealarni esladi .

Kennedi kichikning fikricha, Qo‘shma Shtatlar an’analarining bir qismi amerikalik rahbarlarning «xokimiyatni xushmuomalalik bilan topshirishidir». «Mening fikrimcha, prezident Tramp buni yaxshilik bilan qilmadi va men ham prezident Bayden haqida shunday deya olmayman», - deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!