AQSh Ukrainaga harbiy yordamni oshirish haqida qaror qabul qildi

AQSh Ukrainaga harbiy yordamni oshirish haqida qaror qabul qildi

AQSh senati Pentagonga Ukrainaga taqdim etilayotgan harbiy yordamni oshirishga ruxsat berish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda FAN Ukrainaning AQShdagi elchixonasiga asosan xabar bermoqda.

Pentagon tomonidan taqdim etilgan 2019 yilga mo‘ljallangan byudjet mablag‘lari loyihasiga muvofiq, Amerika tomoni Ukrainaga yo‘naltiriluvchi harbiy yordamni 250 mln dollargacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Ukrainalik diplomatlarning ta’kidlashicha, bu mablag‘lar harbiy mashqlarni tashkil etish va o‘tkazish, harbiy jihozlarni taqdim etish, shuningdek, mamlakat qurolli kuchlari uchun avval berilgan tovarlarni o‘zgartirishga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!