AQSh Suriyada ISHID ustidan butunlay g‘alaba qozonganini ma’lum qildi

AQSh Suriyada ISHID ustidan butunlay g‘alaba qozonganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti matbuot kotibi Sara Sanders Suriya hududi ISHID jangarilaridan butunlay tozalanganini ma’lum qildi. Bu haqda Vesti.ru xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda prezidentga AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan ma’lum qilgan.

Isbot sifatida Patrik birorta ham hudud terroristlar nazorati ostida bo‘lmagan Suriya xaritasini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, ISHID rahbari Abu Bakr al-Bog‘dodiy hali ham Suriyada ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan. Mahalliy jurnalistlar u o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirganligini aytgan. Terroristlar boshlig‘i aniq qayerda ekanligi noma’lum. Aniqlanishicha, u bir necha marta Eronga qochmoqchi bo‘lgan, lekin buning uddasidan chiqolmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!