AQSh Hamasga bosim o‘tkazmoqda

AQSh Hamasga bosim o‘tkazmoqda

Qo‘shma Shtatlar Qatar va Misr orqali Hamasga Baydenning uch bosqichli tinchlik rejasini qabul qilishi uchun bosim o‘tkazmoqda, biroq bu teskari ta’sir ko‘rsatyapti, deb yozadi The Wall Street Journal manbalarga tayanib.

Nashrning yozishicha, Qatar va Misr so‘nggi kunlarda Hamas yetakchilariga Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, hibsga olinishi, aktivlari muzlatilishi, sanksiyalar va Dohadagi boshpanasidan chiqarib yuborilishi kutilayotganini aytgan.

Biroq, The Wall Street Journal yozishicha, bu tahdidlar teskari ta’sir ko‘rsatdi: Hamas yetakchisi Ismoil Haniya Bayden taklif qilgan kelishuv rejasi ularga mos kelmasligini aytdi, chunki bu «urushning tugashini kafolatlamaydi». Haniyaning aytishicha, Hamas uning shartlariga javob bermaydigan kelishuvga rozi bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!