AQSh elchisi mashinada xavfsizlik kamarini taqishni unutmaslikka chaqirdi

A A A
AQSh elchisi mashinada xavfsizlik kamarini taqishni unutmaslikka chaqirdi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik avtomobil haydovchilari va yo‘lovchilarini xavfsizlik kamarini taqishni unutmaslikka chaqirdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

“Odamlar avtoulovga o‘tirganda erinmasdan xavfsizlik kamarini taqib olishganda, ehtimol ularning aksariyati omon qolgan bo‘lardi!” - deb yozadi elchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Unga ko‘ra, bolalik paytida kamdan-kam amerikaliklar xavfsizlik kamaridan foydalangan. Hozirda amerikaliklarning 90 foizdan ortig‘i xavfsizlik kamarlaridan foydalanadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, xavfsizlik kamarlaridan foydalanish natijasida 375 000 dan ziyod odamning hayoti saqlab qolingan. Shunchaki xavfsizlik kamarini taqish baxtsiz hodisada halok bo‘lish yoki jarohat olish ehtimolini 40-50 foizga kamaytiradi.

O‘zbekistonda 2023 yilda 9 839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar fuqaro halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!