Toshkentda musiqa festivali o‘tkazilishi sabab qator ko‘chalar mashinalar uchun yopiladi

A A A
Toshkentda musiqa festivali o‘tkazilishi sabab qator ko‘chalar mashinalar uchun yopiladi

6, 7 va 8 sentyabr kunlari O‘zbekiston milliy kutubxonasi hamda Hyatt mehmonxonasiga tutash maydonda yirik ko‘ngilochar tadbir — Pepsi Music Fest bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahri hokimligi.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish hamda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash maqsadida tadbir o‘tkaziladigan kunlari qator hududlar mashinalar harakati uchun yopiladi:

  • Istiqlol ko‘chasida — Buyuk Turon va Amir Temur ko‘chalari oralig‘i;
  • Buyuk Turon ko‘chasida — Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari oralig‘i;
  • Zarafshon ko‘chasida — Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari oralig‘i.

Hokimlik haydovchilarga shu kunlarda aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумотига кўра, дастлабки тахминларга асосан, аёл болани аэропорт ҳожатхонасида дунёга келтирган.

Ronaldu yoki Jezush? Portugaliyaliklar tanlovini qildi

Pitagórica компанияси Португалия аҳолиси ўртасида Криштиану Роналдуни мамлакат терма жамоасига бундан кейин ҳам чақириш керакми-йўқми, деган савол бўйича сўров ўтказди.