APL. Klublar o‘tgan mavsumga qaraganda qanday natija qayd etmoqda?

APL. Klublar o‘tgan mavsumga qaraganda qanday natija qayd etmoqda?

Bir yil futbolda katta muddat sanaladi. Ayniqsa, APLda. Katta klublar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, o‘rtamiyonalar yuksaladi, sovrinlar uchun kurashayotganlar esa yutqazadi. Bu narsalar futbolning bir qismidir.
Yangi statistika ma’lum qilindi. Unda APL klublarining natijalari o‘tgan mavsumdagisi bilan solishtirilgan. Unga ko‘ra 19 turdan keyin eng yomon natija "Arsenal"da qayd etilmoqda. Mikel Arteta jamoasi o‘tgan mavsumda hozirgidan ko‘ra 10 ochko ko‘proq jamg‘argandi. "Vest Xem"ga mag‘lubiyat bu klubni 40 ochko bilan ikkinchi o‘ringa tushib qolishiga sababchi bo‘ldi. Ammo o‘tgan mavsumda to‘pchilar 19 ta turning 16 tasida g‘alaba qozonib, 2 tasini durang va faqat bittasini mag‘lubiyat bilan tugatgandi. Hozir esa "Arsenal" allaqachon 3 marta mag‘lub etildi.

"Arsenal" bu borada yolg‘iz emas. Yana bir London klubi bo‘lgan "Fulxem" ham o‘tgan mavsumdagidan ko‘ra 10 ochko kam jamg‘ardi. Shuningdek, jarohatlaran aziyat chekayotgan "Nyukasl" va "MYu"da ham ayni vaziyat yuz bermoqda. Xususan, Eddi Xauning "qarg‘alar"i 9 ochkolik manfiy natijaga ega bo‘lsa, Erik ten Xag shogirdlarida esa bu ko‘rsatkich 8 ochkoni tashkil etadi. "Fulxem" kabi "Brentford"dagi natijalarni yomon deya olamiz. Ayvan Taunining yo‘qligi jamoaga yomon ta’sir qilib, 7 ochkolik yomon natija "arilar"ni bir yil oldingisidan farqlab turibdi.

Londonning boshqa jamoalari bo‘lgan "Nottingem", "Kristal Pelas" va "Chelsi"da ham ko‘rsatkichlar manfiy. "Burgutlar" 5 ochkoga ortda bo‘lsa, qolgan ikkita klubda 3 ochkolik defisit qayd etilmoqda. Chempionlar bo‘lmish "Manchester Siti" o‘tgan mavsumdan faqat 2 ochkoga kam to‘plagan. Ammo ularning o‘tkazgan o‘yinlari ham bittaga kamroq. "Brayton"da esa bu ko‘rsatkich 1 ochkoga teng xolos.

Yaxshilangan jamoalar ro‘yxatini "Tottenxem" ochib beradi. Bu klub 3 ochkoga yaxshiroq bo‘lib turibdi.
"Bornmut" va "Vulverxempton" esa o‘tgan mavsumning shu davriga qaraganda, mos ravishda 8 va 9 ochkolik o‘sishni namoyish etgan. Shon Daychning "Everton"i 11 ochkoga yaxshiroqdir. Ammo bu klubdan 10 ochko olib tashlanganini ham unutmaslik lozim. Ularning qo‘shnisi bo‘lgan "Liverpul" 13 esa ochkoga yaxshiroq bo‘lib turibdi. Ammo "Aston Villa" mersisaydliklardan ham yaxshiroq natijaga ega. Unai Emeri shogirdlari ayni damda YECHL uchun kurash olib bormoqda.
Jadvaldagi eng yaxshi ko‘rsarkich "Vest Xem"ga tegishli. Devid Moyes o‘z jamoasi natijalarini 18 ochkoga o‘stira oldi. Natijada, "bolg‘achilar" turnir jadvalining kuchli oltiligiga yo‘l oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!