“Aniq.uz”ga murojaat: "Nega bizga 350 000 so‘mdan berishmoqda?"

“Aniq.uz”ga murojaat: "Nega bizga 350 000 so‘mdan berishmoqda?"

Xabaringiz bor, hukumatimiz pandemiya davrida aholiga bir martalik moddiy yordam berishga qaror qildi. Ammo ayni damda mazkur jarayon yuzasidan ayrim noroziliklar kelib chiqmoqda. «Aniq.uz» tahririyatiga kelgan murojaatlardan birida ana shunday norozilik aks etgan.

“Davlatimiz tomonidan ajratilgan pullar talon-toroj qilinmoqda, — deyiladi murojaatda. — Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumani, Oqtosh ota MFYda aholiga 350 ming so‘mdan tarqatildi. Buning sababi nima? Hamma bir million so‘m olamiz deb umidvor bo‘lib yurgandi. Ammo 650 ming kam tarqatilmoqda”.

Bunday noroziliklar ko‘p, aslida. Kimdir noto‘g‘ri tushunadi, yana kimdir chindan nohaqlikka yo‘liqadi. Ishonamizki, yuqoridagi manzilda ro‘y bergan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib boriladi va kerakli choralar ko‘riladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!