Andijonda xandaq qaziyotganda tuproq bosib qolgan fuqaro qutqarildi

Andijonda xandaq qaziyotganda tuproq bosib qolgan fuqaro qutqarildi

 

Andijonda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xodimlari xandaq qazish jarayonida tuproq bosib qolgan fuqaroni qutqarib oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, hodisa 6 mart kuni Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Shaharning Boburshoh ko‘chasida 25 yoshli erkak xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan yo‘l bo‘ylab xandaq qaziyotgan bo‘lgan. Xandaq yuzasiga to‘plangan tuproq ishchining ustiga tushib, bosib qolgan.

Holatga guvoh bo‘lganlar darhol Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhiga qo‘ng‘iroq qilgan. Bir necha daqiqada yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari jabrlanuvchini qutqarib, shu vaqtda yetib kelgan tez yordam xodimlariga topshirgan.

Engil jarohatlar olgan erkakka ko‘p o‘tmay kasalxonadan javob berilgan.

Bundan avval Qamchiq dovonida 30 daqiqa oralig‘ida ikki mashina xandaqqa tushib ketgani, Toshkent va Samarqand viloyatida quduqqa tushib ketgan fuqarolar qutqarib olingani hamda Bekoboddagi xonadonlarning birida yuz bergan yong‘inda bir kishining hayoti saqlab qolingani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!