Andijonda karantindan foydalanib, sifatsiz mahsulotni qimmat narxda sotayotgan fuqaro fosh etildi

Andijonda karantindan foydalanib, sifatsiz mahsulotni qimmat narxda sotayotgan fuqaro fosh etildi

Davlat soliq organlari ishonch telefonlari orqali oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshib ketishi yuzasidan qabul qilingan murojaatlar tezda o‘rganilib, aniqlangan muammolar joyida hal etilmoqda.

Bundan tashqari, davlat soliq xizmati xodimlari hududlardagi bozorlar va savdo majmualarida monitoring tadbirlari o‘tkazmoqda.

Joriy yil 17 mart kuni Andijon tumanida joylashgan “Kuyganyor dehqon bozori”da oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari sun’iy oshirilishining oldini olish tadbirlari davomida fuqaro S.M. hech qanday hujjatlarsiz, qimmat narxda o‘simlik yog‘i sotayotganligi aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!