Andijonda bloger Otabek Nuritdinov kaltaklandi (video)

Andijonda bloger Otabek Nuritdinov kaltaklandi (video)

Asakalik bloger Otabek Nuritdinov Xolid ibn Valid jome’ masjidi yaqinida aroq do‘koni ochilgani haqida fotopost joylaganidan so‘ng do‘kon egalari tomonidan kaltaklangan. Bu haqda blogerning o‘zi Feysbukda ma’lum qildi.

Bugun ertalab bloger "Ushbu rasmga ko‘zim tushib, birinchi kelgan xayol shu do‘konda savdo qilayotgan va do‘kon egalari o‘zimizning o‘zbeklarmikin? deb o‘yladim. Asakadagi ishlab turgan Xolid Ibn Valid masjidi va Asaka tumani hokimligi matbuot xizmatidan munosabatini kutib qolamiz" deb yozib, shu suratlarni ilova qilgan.

Blogerning aytishicha, rasmni chiqargandan so‘ng uning oldiga aroq do‘konining egasi va onasi kelib, nima maqsadda chiqarganini so‘rashgan. 

Otabek Nuritdinov "Agar hujjatlaringiz to‘g‘ri bo‘lsa va mening postimdan norozi bo‘lsangiz, IIB xodimlari yoki sudga murojaat qilishingiz mumkin", deb aytgan.

Shundan so‘ng yigitlar agressiv munosabatda bo‘lib, blogerga musht tushirgan. Blogerning ta’kidlashicha, yigitlar unga o‘lim bilan ham tahdid qilishgan.

Bloger o‘zining va onasining shaxsiy telefon raqamini do‘kon egalari ichki ishlardan olganini taxmin qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!