Andijon davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Andijon davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Etti qavatli mazkur bino 2000 o‘ringa mo‘ljallangan. Barcha o‘quv xonalari interaktiv doskalar va zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan.

✅ Bu yerda 12 ta ma’ruza zali, jahon standartlariga mos simulyasiya markazi joylashgan. Bitta qavat to‘liq stomatologiya yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan va u eng ilg‘or stomatologik asbob-uskunalar hamda texnologiyalar bilan jihozlangan.

🖥 Binodan asosan klinik kafedralar o‘rin olgan. Institut klinikasi va mazkur o‘quv binosi o‘rtasida telemedisina tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

🏥 Unda klinikaning xirurgik bo‘limlarida amalga oshirilgan operasiyalar to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘quv xonalariga translyasiya qilinadi. Talabalar ushbu jarayonda shifokorga o‘z savollarini berish va shu paytning o‘zida javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📌 Shuningdek, 420 o‘rinli faollar zali, garderob, 400 o‘rinli oshxona ham talaba va institut jamoasi xizmatida. (https://telegra.ph/file/942c214c30aee83da1ae2.jpg)

▶️ Yangi o‘quv binosining ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi SH.Abdurahmonov ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!