Ana xolos! Usmon Azim va Mahmud Toir YTHga uchragan avtomobil rulida ayol kishi bo‘lgan...

Ana xolos! Usmon Azim va Mahmud Toir YTHga uchragan avtomobil rulida ayol kishi bo‘lgan...

27 aprel kuni Andijon shahrida Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligi munosabati bilan shoir nomi bilan atalgan xiyobon ochildi. Yubileyga kelgan mehmonlar xiyobondagi tadbirdan so‘ng shoir tug‘ilib o‘sgan Marhamat tumaniga borishgan. Uchrashuvdan qaytishayotganda O‘zbekiston xalq shoirlari Usmon Azim va Mahmud Toir, shuningdek, shoir Nodir Jonuzoq o‘tirgan mashina avtohalokatga uchragan.

Kun.uz ma’lum qilishicha, berilganiga bir haftacha bo‘lgan yap-yangi Neksiya-3 yengil mashinasi rulida Andijon viloyat yozuvchilar uyushmasi raisasi Xurshida Qo‘chqorova bo‘lgan.

To‘g‘ri, Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari viloyat markazida tashkillashtirilgan el suygan shoirni xotirlash tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tishi, mehmonlarga sovg‘a-salomlar masalasida yordam qilishgan, ammo respublikamizning boshqa shaharlaridan keladigan mehmonlarni kutib olish, mehmonxonalarga joylashtirish va kuzatish ishlariga loqayd munosabatda bo‘lishgan.

Bu ishlar to‘liq Xurshida Qo‘chqorovaning gardaniga tushgan. U ikki kun davomida deyarli uxlamasdan barcha ishlarga o‘zi yugurib-elib harakat qilgan. Masalan, poyezd poytaxtdan kechasi soat 23:30da Andijonga yetib boradi. Ikki kun mobaynida u ayol boshi bilan bir o‘zi mehmonlarni kutib olib, joylashtirish ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Marhamat tumanida o‘tgan tadbirlarda esa xavfsizlik tartib-qoidalariga mutlaqo amal qilinmagan. Muhammad Yusufning uyiga eltuvchi yo‘l viloyatlardan kelgan minglab muxlislar va ularning avtomashinalari bilan to‘lib ketgan. Balkim tumanning kuchi yetmas, ammo viloyatdagi ichki ishlar organlaridan tartibga solib turuvchi biror yordamchi kuch ajratilmagan.

Bizga tasvirlab berishlaricha, Muhammad Yusufning xonadoni odamlarga to‘lib ketgan. Oyoq bosishga joy qolmagan. Ayniqsa, shoir dafn etilgan qabristonga ham odamlar yopirilib kirib, boshqa qabrlar oyog‘osti bo‘lishidek xunuk manzara kuzatilgan.

Agar Andijon viloyat hokimligi mazkur tadbirni rejali qilib tashkillashtirganida, mas’ullar tayinlanganida, aytaylik, katta-katta shoirlar va boshqa mehmonlarni YPX xodimlari kuzatuvida olib borishganida, albatta bu tadbir yo‘l-transport hodisasiz, chiroyli o‘tgan bo‘lar edi, deb yozadi nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!